Prokuratura organlari tomonidan OAV va ijtimoiy tarmoqlarning kunlik xabarlari monitoringi amalga oshirilib, prokuratura organlari aralashuvini talab qiladigan qonunbuzilishlar haqidagi xabarlarni to`liq va atroflicha ko`rib chiqilishi ta`minlanmoqda.
Bosh prokurotura tomonidan qilingan tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda majburiy ijro byurosi faoliyati, ko`rsatilgan kommunal xizmatlardan norozi bo`lish, mehnat nizolari bilan bog`liq masalalar, tadbirkorlik faoliyatiga to`sqinlik qilish, fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqish, tergov organlarning harakatlari hamda chiqarilgan sud qarorlaridan norozi bo`lish mavzusidagi xabarlarni tashkil etmoqda.
Monitoring davomida yuqorida qayd etilgan xabarlar vakolat doirasida o`rganilib, natijasi bo`yicha qonunchilikda nazarda tutilgan choralar ko`rgan holda tegishli munosabat bildirib kelinmoqda.
«Facebook»ka nomi chiqqan MIB xodimiga xayfsan berildi
Xususan, «Facebook» ijtimoiy tarmog`ining «Xalq fikri/Mnenie naroda» guruhi foydalanuvchisi S.Z. tomonidan qoldirilgan «Vchera sotrudnik Kabmina oskorbil grajdanina, segodnya ego uje uvolili. Eto sotrudnik u vxoda v MIB Zangiatinskogo rayona, takoy je xam, odnako ego pokrvayut rukovoditeli. Obratite vnimanie na ego pozu, odejdu, - eto MIB eto norma» xabar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan o`rganildi.
O`rganish davomida, Byuroning Zangiota tuman bo`limining nazorat tekshiruv posti xodimi qabulga kelgan fuqaroga nisbatan qo`pol muomalada bo`lgani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Byuroning Zangiota tuman bo`limining nazorat tekshiruv posti xodimi kelgusida aholi bilan xushmuomalada bo`lishi yuzasidan profilaktik suhbat o`tkazilib, “xayfsan” intizomiy jazosi qo`llanilgan.
Prokuratura tashabbusi: o`g`lining kontraktiga to`lov, onasiga kir moshina, televizor...
Shuningdek, «Diqqat Telegram» kanalida fuqaro tomonidan video murojaat joylashtirilib, unda «Videomurojaatda bu oilaga 2 xonali uy ajratish qarori chiqarilgan... viloyat prokuraturasi bu ishni orqaga surib asossiz ravishda uy berishni orqaga cho`zayotgani va prokuror qabuliga ham kirolmayotgani aytiladi» mazmunida qoldirilgan xabar zudlik bilan o`rganildi.
O`rganish natijasida, Vazirlar Mahkamasining 12.04.2018 yildagi 285-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qarshi shahar hokimligida tuzilgan hududiy komissiya tomonidan muallifning otasi nomida bo`lgan uy-joyda onasi o`z farzandlari bilan yashashi uchun etarlicha sharoit borligi sababli uy-joyga muhtoj emasligi haqida qaror qilingan.
Ushbu masala yuzasidan, viloyat prokuraturasida bir necha marotaba qabul qilingan ariza muallifiga otasi A.X. nomida bo`lgan uy-joyda onasi farzandlari bilan birga yashab kelishi uchun barcha shart-sharoitlar etarli ekanligi ma`lum qilinishiga qaramay, onasining nomiga yangi uy-joy olish istagi borligini ta`kidlab kelgan.
Murojaatlarni o`rganish jarayonida muallifning oilaviy sharoiti o`rganilib, R.X. I.Karimov nomidagi texnika universitetida kontrakt asosida o`qiyotganligini inobatga olib, prokuratura organlari tashabbusi bilan uning 1-kursi uchun 4 mln. so`m kontrakt pulini to`lashda amaliy yordam ko`rsatildi.
O`z navbatida, onasi N.B.ga televizor va kir yuvish mashinasi olib berilib, mahalla fuqarolar yig`ini tomonidan nafaqa tayinlanishiga amaliy yordam ko`rsatildi.
Prokuratura organlari tomonidan bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda






