AsosiyDunyo

Avtobus haydovchilarining 55 foizi yo`l harakati qoidalari testidan o`ta olmadi

'Avtobus haydovchilarining 55 foizi yo`l harakati qoidalari testidan o`ta olmadi'ning rasmi

Qirg`iziston poytaxti meriyasi munisipal avtobus haydovchilarini yo`l harakati qoidalari va transport vositalaridan texnik foydalanish qoidalarini bilish yuzasidan rejadan tashqari brifing va test sinovlarini o`tkazdi. Bu haqda hokimiyat matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi imtihonda 343 haydovchidan 188 nafari kerakli ball to`play olmadi, yana 24 kishi uzrli sabablarga ko`ra imtihonga kelmadi.

Sinovdan o`ta olmaganlarga xatolar ustida ishlash, malaka oshirish va qayta imtihondan o`tish imkoniyati berildi. Natijada keyingi testlarda barcha haydovchilar imtihonni muvaffaqiyatli topshirishdi.

    Boshqa yangiliklar