AsosiyJinoyat

Isitish radiatorlarini noqonuniy o`tkazmoqchi bo`lganlar fosh qilindi

'Isitish radiatorlarini noqonuniy o`tkazmoqchi bo`lganlar fosh qilindi'ning rasmi

Kuz-qish mavsumi kelishi bilan soxta tadbirkorlar harakatga tushib qolgan ko`rinadi. "Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarini yurtimizga noqonuniy yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlar o`z vaqtida bartaraf etilmoqda", - deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo`mitasi Matbuot xizmati.

Jumladan, ''Olot'' chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan  “Mersedes-Bens” yuk avtotransporti bojxonachilar tomonidan tegishli tartibda ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinadagi yuklar bilan ularga tegishli kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilgan malumotlarda o`zaro nomuvofiqlik mavjudligi malum bo`ldi.

Tekshiruv jarayonida yuk kuzatuv xujjatlarida qayd etilgan keramik plitkalardan tashqari, avtomashinada umumiy qiymati 458,39 million so`mlik uy isitish uchun mo`ljallangan radiatorlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar