AsosiyJinoyat

O`g`rincha ulanish, yuz million so`mga tushdi

'O`g`rincha ulanish, yuz million so`mga tushdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Zangiota tuman bo`limi xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbirda, fuqaro A.Sharipov tadbirkorlik ro`yxatidan o`tmasdan, ushbu faoliyat bilan shug`ullanishga ruxsat beruvchi tegishli hujjatlarsiz Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Erkin QFY, Qahramon mahallasi hududidagi xususiy korxonaga qarashli ochiq er maydonida ohak toshini kuydirish uchun mo`ljallangan 6 dona qo`lbola yondirgich (gorelka) orqali foydalaniladigan uskunalarni korxonaning orqa tomoniga o`rnatib, undan foydalanish maqsadida hududdan o`tuvchi tabiiy gaz quvuri tarmog`iga noqonuniy ravishda ulanib, foydalanib kelayoganligi aniqlangan.

Zangiota tuman “Gaz ta`minoti” tomonidan uchastkasining 2019 yil oktyabr taqdim etilgan qayta hisob-kitob xulosasiga ko`ra, fuqaro A.Sharipov tomonidan  gaz korxonasiga jami 108 mln. 864 ming so`m miqdorida zarar etkazgan.

Mazkur xolatda O`zbekiston Respublikasining JKning 1852-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo`lsada, unga birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs sifatida, jinoyat aniqlangan kundan etiboran 30 kunlik muddatda etkazilgan moddiy zararni o`rnini qoplash va javobgarlikdan ozod etilish imkoniyati berilgan.

Shunga qaramay qaramasdan zarar pullari to`lanmagan. Shu sabab unga nisbatan jinoiy ish ochilib,xozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar