AsosiyJamiyat

9 oyda O`zbekistonda qariyb 51 trillion so`mlik qurilish amalga oshirilgan

'9 oyda O`zbekistonda qariyb 51 trillion so`mlik qurilish amalga oshirilgan'ning rasmi

2019 yilning to`qqiz oyida O`zbekistonda jami 50,9 trln so`mlik qurilish ishlari bajarilgan. O`sish sur`ati o`tgan yilning shu davriga nisbatan 19,3 %ni tashkil etgan.

Joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 12,4 trln so`mni tashkil etdi. 

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi kuzatildi. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,3 %i to`g`ri kelib, o`tgan yilning mos davridagi ko`rsatkichga nisbatan 5,2 % punktga ko`paydi. Shuningdek, ular hissasiga to`g`ri kelgan qurilish ishlari hajmi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 31,7 %ni tashkil etgan holda 27,6 trln so`m miqdorida qayd etildi. 

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 3,1 trln so`m qurilish ishlari, nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 47,7 trln so`m ishlar bajarilgan. 

Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga to`g`ri keladi. Jami qurilish ishlarining 76,2 %i yoki 38,7 trln so`m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy ob`ektlarini yaratishga qaratilgan. 

    Boshqa yangiliklar