Turkiston san`at saroyida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O`zbekistonim, mangu bo`l omon!” shiori ostida o`tkazilgan talabalar festivali g`oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ma`lum qildi.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov talabalarni qutlar ekan, ushbu festival ilk marotaba o`tkazilayotganiga qaramasdan, ko`plab iqtidorli yoshlarni kashf etib, ularning salohiyati va bilimini yana bir bor sinovdan o`tkazganligini alohida e`tirof etdi.
Dastlab Italiyada o`tkazilgan XXX yozgi universiada o`yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilib, 2 ta oltin, 1 ta kumush hamda 7 ta bronza medallarini qo`lga kiritib qaytgan talabalar vazirlik tomonidan alohida e`tirof etilib, ularga maxsus sovg`alar tuhfa etildi.
Festival doirasida o`tkazilgan milliy kurash, marafon, mini futbol, annotasiya mahorati, "Eng yaxshi kitobxon talaba", "Zakovat", Blogerlik mahorati yo`nalishlari bo`yicha 1,2,3-o`rin sohiblariga vazirlikning diplomi va maxsus sovg`alari topshirildi.
Shu bilan birga "Yagonasan muqaddas Vatan" ko`rik tanlovi hamda Talabalar teatr studiyalari jamoalari ham festival doirasidagi tadbirdarda faol ishtiroki uchunesdalik sovg`alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi






