Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Navoiy shahrida “Huquqiy bilimlar kuni” fleshmobi o`tkazildi. Undan ko`zlangan maqsad aholiga bepul huquqiy maslahatlar berish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, shuningdek, huquqiy ularning bilimlarini baholash va rag`batlantirishga qaratildi.
Mazkur keng qamrovli tadbirda “Yoshlar xiyoboni”da 1250 nafardan ortiq aholi ishtirok etdi.
Fleshmob doirasida “Notarius maslahati”, “Advokat maslahati”, “FHDYo maslahati” hamda “Adliya maslahati” kabi mavzularda bepul huquqiy maslahatlar ko`rsatildi.
Maktab o`quvchilari o`rtasida “Huquq bilimdonlari”, Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o`rtasida “Saylov bilimdoni” tanlovlari ham o`tkazildi.
Viloyat bandlik bosh boshqarmasi tomonidan bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi tashkil etilib, ish beruvchi tashkilotlar tomonidan band bo`lmagan aholini ish bilan ta`minlash choralari ko`rildi.
Tanlovlarida g`olbi bo`lgan barcha ishtirokchilar taqdirlandi.






