AsosiyJamiyat

“Hurriyet”da Shavkat Mirziyoevning maqolasi chiqdi.

'“Hurriyet”da Shavkat Mirziyoevning maqolasi chiqdi.'ning rasmi

Turkiyaning “Hurriyet” nashrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashining ahamiyati, zamonaviy integrasiya va hamkorlik haqidagi maqolasi e`lon qilindi

Shavkat Mirziyoev dastlab Turkiy Kengashning ettinchi sammiti ishtirokchilarini hamda butun turk olamini Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish bo`yicha Naxchivon kelishuvi imzolanganining 10 yilligi bilan tabrikladi.

“Bugun Turkiy Kengash tashkilotga a`zo davlatlar o`rtasida muloqot va hamkorlikni chuqurlashtirish, ularning qarashlarini xalqaro maydonda samarali ilgari surish uchun istiqbolli xalqaro platformaga aylandi.

“Bizning mamlakat turkiy tilli davlat rahbarlarining ilk sammitlarida faol ishtirok etgan. Davlat rahbarlarining tarixiy to`rtinchi sammiti 1996 yil 21 oktyabr kuni Toshkentda o`tgandi. Bu turkiy davlatlar hamkorligi rivojida muhim bosqich bo`lib, zamonaviy Turkiy kengash tuzilishiga poydevor qo`ygandi”, deb ta`kidlagan Shavkat Mirziyoev.

Qayd etilishicha, mamlakatimizning Turkiy Kengashga qo`shilishi turkiy olamda integrasiyaning mustahkamlanishiga hissa qo`shadi va a`zo davlatlar orasida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga harakat qilyotgan vaqtda hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Turkiy Kengash mintaqasida davlatlararo munosabatlarning ijobiy tendensiyasi bizga Kengash doirasida hamda BMT, EXHT, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, “Osiyo yuragi – Afg`oniston uchun Istanbul jarayoni” kabi xalqaro institut va mexanizmlarda yangi istiqbollarga yo`l ochadi.

“Kengash maslahatlashuv, davlatlararo aloqalarni muvofiqlashtirish mexanizmi va Markaziy Osiyo, Kavkaz, Yaqin Sharq va Evropada o`zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yishda katta imkoniyatlarga ega. A`zo davlatlar orasida bahs va qarama-qarshiliklar yo`q va bu mening o`ylashimcha muhim ustunlik beradi. Barcha davlatlar Turkiy kengash faoliyatiga aloqadaor xalqaro va mintaqaviy masalalarda bir xil yoki bir-biriga yaqin qarashlarga ega”, deydi O`zbekiston rahbari.

Shavkat Mirziyoev O`zbekiston hamkorlikni kengaytirishning asosiy maqsadlarini belgilab olganini ma`lum qildi.

“Biz transport va tranzit sohasida yaqin hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan manfaatdormiz. Integrasiyalashgan transport tarmoqlarining yaratilishi yirik global va mintaqaviy bozorlarga chiqishni ta`minlaydi. Bu o`rinda gap avvalo Shimol-Janub va Sharq-G`arb xalqaro transport yo`laklari, Markaziy Osiyo mintaqasini Xitoy, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Evropa bilan bog`laydigan avtomobil, temir yo`l va havo yo`llari haqida bormoqda.

Shu maqsadda mintaqada transport infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha bir qator strategik muhim loyihalar amalga oshirildi. “Andijon-O`sh-Irkishtom-Qashqar” avtomobil yo`lagi rivojlanishi, shuningdek,  Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston temir yo`li qurilishiga start berilishi bilan katta imkoniyatlar ochilmoqda.

Barcha sohalarda ilg`or axborot-kommunikasiya texnologiyalari va innovasiyalarning joriy etilishi har qanday mamlakatning raqobatdoshligi va barqaror rivojlanishining hal qiluvchi omilidir.  Shuning uchun biz Turkiy Kengash mamlakatlarining innovasion rivojlanishini asosiy ustuvor yo`nalishlardan biri deb bilamiz. Shu munosabat bilan biz kelajakda texnologiyalarni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ilgari surish uchun innovasion rivojlanish uchun mas`ul muassasalar, ilmiy markazlar va venchur kompaniyalar o`rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o`rnatishni taklif qilamiz.

Ma`lumki, turkiyzabon davlatlar xalqlari noyob va bebaho madaniy,  tarixiy va ma`naviy merosga ega bo`lib, ular butun insoniyatga tegishli. Mamlakatlarimizda turkiy va islom sivilizasiyasining tarixiy obidalari, buyuk allomalar, shoirlar, mutafakkirlar va san`atkorlarning merosi saqlanib kelinmoqda. Ushbu bebaho boylik butun insoniyatga tegishli, ziyorat turizmini rivojlantirish orqali uni butun dunyoga ko`rsatish kerak. Iqtisodiy industriya kabi turizm ham davlatlar va xalqlarni yaqinlashtirishda muhim rol o`ynaydi”, deb ta`kidladi Shavkat Mirziyoev.

U, shuningdek, globallashuv va tinchlikka tahdid ortib borayotgan bir vaqtda o`zaro hamkorlik har doimgidanda muhimroq ekani haqida so`z yuritgan.

    Boshqa yangiliklar