AsosiyJamiyat

IIV surxondaryolik fuqaro bilan bog`liq holat yuzasidan ma`lumot berdi

'IIV surxondaryolik fuqaro bilan bog`liq holat yuzasidan ma`lumot berdi'ning rasmi

2019 yil 16 oktyabr kuni Ozodlik radiosining “@sizdantelegram” kanalida “CURXONDARYo – “Mahalla raisi bola puli so`rab murojaat qilgan ayoldan GAIdan ma`lumotnoma keltirishni talab qildi” nomli xabari e`lon qilingan edi.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, Termiz tumanida yashovchi F.Shaymanova ma`lumotnoma so`rab viloyat IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasiga murojaat qilmagan, deya xabar beradi IIV Axborot xizmati.

Vaholanki, viloyat IIB YHXB xodimlari shu kunga qadar ma`lumotnoma so`rab murojaat qilgan barcha fuqarolarning talablariga o`z vaqtida javob qaytargan.

 

    Boshqa yangiliklar