“Telegramm” ijtimoiy tarmoqlarida “Bloger Dima Qayumga nisbatan kecha Rishtonda uyushtirilgan samosud holati” nomi ostida chiqarilgan maqolaga Farg`ona viloyat IIB Matbuot xizmati Raddiya e`lon qildi.
Mazkur maqolada Dima Qayumga nisbatan tajovuz, tahdid, samosud holati uyushtirilib, unga tegishli telefon ekrani sindirib tashlanganini keskin qoralangan. Hamda holat tegishli idoralar tomonidan nazoratga olinishi so`ralgan.
Ushbu holat yuzasidan Boltaboev Dilshodjonning (DimaQayum) joriy yil 15 sentyabr kuni Rishton tuman IIBga qilgan murojaati ro`yxatga olingan. Hozirda Rishton tuman IIB HPB tomonidan holatda ishtirok etganayollarga nisbatan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






