AsosiyJamiyat

Nima uchun Norvegiya dunyoda birinchi o`rinda?

'Nima uchun Norvegiya dunyoda birinchi o`rinda?'ning rasmi

1 yanvardan O`zbekistonga elektr tokida harakatlanayotgan mashinalar import qilishga 10% boj qo`yildi. Bunga bloger Firuz Allaev o`z munosabatini bildirdi:

Man elektromobillar borasida birinchi o`rinda turgan Norvegiya bilan qiziqdim.

 

Elektr tokiga harakatlanadigan mashinalar nima uchun kerak?

 

Chunki ular gaz va benzinga nisbatan havoni kam zaharlaydi. Elektromobillar xavoga CO2 deyarli chikarmaydi.  

 

Nima uchun Norvegiya dunyoda birinchi o`rinda?

 

Evropa Ittifoqida Norvegiya  eng yirik gaz va neft ishlab chiqaruvchi mamlakat hisoblanadi. Shunga qaramasdan, Norveriyani dunyoda 1-o`ringa chiqishiga sabab mamlakatda ekologlar harakatlari kuchliligi, ularni aholi qo`llab-quvvatlashi va kerakli infrastruktura, ligotalar, qonunchilik shakllanganidadir.

 

Norvegiya elektromobillar oddiy mashinalardan ko`proq sotiladigan dunyodagi birinchi davlat . Xozirda, Norvegiyada sotilayotgan yangi mashinalarning 54.5 %i elektromobillarga to`g`ri keladi. Eng ko`p sotilgan model bulsa - Tesla 3.  

 

Umuman, Evropa elektromobillar uchun zaryadkalar eki stansiyalari qurish, xizmat markazlarini yo`lga qo`yish bo`yicha bugun h atto  AQSh va Xitoy kabi davlatlardan ham oldinda.  

 

Nima ligotalar berilgan?

 

- Elektromobillar uchun parkinglar bepul.

- Elektromobillar uchun qulay kreditlar yo`lga qo`yilgan

- Havoga ko`proq zaharli gaz chiqaradigan mashinalar uchun ko`proq soliqlar va to`lovlar qo`yilgan

- Ba`zi hollarda elektromobil xarid qilganlar turli xil soliq to`lovlaridan ozod qilinishi mumkin.

 

Elektromobillar uchun nima infrastruktura kerak?

 

Bu mashinalarning asosiy muammosi sekin quvvatlanishida, ularni uyda zaryadlash sekin. Bu uchun evrostandart 350 kW q uvvatga ega tezkor q uvvatlash zaryadkalari yoki stansiyalari kerak. Bozorning ahamiyatini tushunib etgan neft kompaniyalari asta-sekinlik bilan o`z zapravkalarini elektr quvvatlash stansiyalariga alishtirib boshlashdi. Masalan, Skandinaviya va Rossiya hududida 16000dan ortiq zapravkaga ega Cirkle K kompaniyasi hozirda 100lab zapravkalarni yopib, ularni o`rniga zaryadkalar o`rnatilgan yangi avlod zapravkalarini ochmoqda.

 

G`arblik neft ishlab chiqaruvchilari zamonga tez moslashmoqda. Masalan, Gollandiyaning Shell kompaniyasi Gollandiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada 30 000 dan ortiq zaryadlash stansiyalarini qurib ulgurdi.

 

Fransiyaning Total kompaniyasi mamlakat bo`ylab 10 000dan ortiq zaryadkalar o`rnatgan G2mobility kompaniyasini sotib oldi va yil oxirigacha dunyo bo`ylab 13 800ta zaryadkalar o`rnatmokchi.

 

Nima uchun neft ishlab chiqaruvchi boy kompaniyalar bunga majbur bo`lishmoqda?

 

Elektromobillar soni oshgan sari benzin va solyarkaga talab pasayib bormoqda. Agar zamon bilan moslashmasa, kompaniyalar yaqin kelajakda 1000lab zapravkalarn i  yopi b, ishchilarni ishdan bo`shatishga majbur bo`lishadi. Bozor qonunlaridan kelib chiqib, ular bugungi va kelajak talabiga taklif berishga majbur.

 

 

Bizda nima qilish kerak?

 

Elektromobillar bu kelajak. Buning ahamiyati faqat ichki bozor uchun emas,  aksincha sohani tez rivojlantirsak, bu sohada qancha tez oldinga o`tsak, iqtisodiyotimiz uchun shunchalik yaxshi. Chunki bu soha atrofimizdagi mamlakatlarda hali rivojlanmagan va kelajakda ular biz uchun katta bozor bo`lish mumkin. Na MDH mamlakatlari, na Eron, Pokiston kabi mamlakatlarda bu sohada katta qadamlar tashlanmagan. Bizga yaqin mamlakatlardan faqat Rossiya va Gruziyada sohada siljishlar bor.  

 

Bizda ham bu borada harakatlar boshlandi. Masalan, Qo`qonda elektromobil ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda. Lekin, buning o`zi etarli emas. Bu sohani rivojlantirish uchun manimcha 10 foizlik bojni bekor qilish, mashina bozorida reformalar o`tkazish muhim deb o`ylayman.

 

Shuningdek elektromobillar ishlab chiqarish uchun injenerlarni tayyorlash maqsadida OTMlarda maxsus fakultetlar ochish, kadrlarni dunyoning eng rivojlangan mamlakatlariga ta`lim olishga va malaka oshirishga jo`natish kerak bo`ladi.

 

Oldimizda, ikkita yo`l bor. Yoki kelajakni oldindan ko`rib, mutaxassislarni tayyorlab, sohaning eng oldi mamlakatlarida biriga aylanamiz va eksport evaziga yirik avtomobil sanoati quramiz yoki hozirgidek iste`molchi bo`lishda davom etamiz.

 

Sizchi, siz elektr tokida harakatlanadigan avtomobil xarid qilgan bo`larmidingiz?

    Boshqa yangiliklar