AsosiyJamiyat

O`zbekiston “oltin vizalar” berishni boshladi. Da`vogarlar 3 million dollar ajratishlari kerak

'O`zbekiston “oltin vizalar” berishni boshladi. Da`vogarlar 3 million dollar ajratishlari kerak'ning rasmi

Viza egalariga yashash huquqi 10 yil muddatga beriladi, deb yozadi Forbes.kz Adliya vazirligiga tayangan holda.

Qonunchilikdagi o`zgarishlarga ko`ra, 2019 yil oktyabr oyidan boshlab 3 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan chet el fuqarosiga O`zbekistonda 10 yil muddatga yashash huquqi beriladi. Ilgari respublikada bo`lish muddati 5 yil edi.

Investision vizani olish va uzaytirish uchun standart ariza bilan murojaat qilish, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonadan ariza, shuningdek tegishli investisiya sertifikatlaridan birini va milliy pasportni taqdim etish kerak.

Investision vizaga ega chet el investorlari, shuningdek ularning oila a`zolari bir qator imtiyozlardan foydalanish huquqiga egadirlar. Masalan, oliy o`quv yurtlarida o`qiyotganda, u O`zbekiston fuqarolari uchun taqdim etilgan shartlar asosida o`qish huquqiga ega. 

 

 

    Boshqa yangiliklar