Kecha Togri.uz nashri faoliyati to`xtatilgani, homiylar tomonidan loyiha boshqa moliyalashtirilmasligi haqida xabar bergandik.
Mazkur hodisa yuzasidan aksariyat mashhur blogerlar o`z fikrlarini yozib chiqdi.
Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov ham mazkur holat yuzasidan ma`lumot berdi:
“Togri.uz” internet nashrining faoliyati afsuski uzoq vaqt davom etmadi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, «Togri.uz» sayti faoliyati to`xtatilgani bu ta`sischilarning ichki va shaxsiy masalasi bo`lib, siyosiy sabablarga aslo bog`liq emas.
Shu bilan birga, Agentligimiz yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarining soni yanada ko`payishi, ularning senzuradan xoli, erkin faoliyat ko`rsatishi tarafdori bo`lib, buning uchun biz barcha imkoniyatlarni yaratishga tayyor ekanligimizni ta`kidlamoqchiman.
Axborot makonidagi raqobat va xilma-xillikdan eng avvalo, xalqimiz va davlatimiz manfaatdor bo`ladi. Xolis, ma`lum bir shaxslar maqsadlari uchun emas, balki el-yurt farovonligiga xizmat qiladigan OAVlar rivojlanaversin va ko`payaversin!”






