AsosiySiyosat

Saida Mirziyoeva BAAdagi uchrashuvlar haqida ma`lum qildi

'Saida Mirziyoeva BAAdagi  uchrashuvlar haqida ma`lum qildi'ning rasmi

Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi delegasiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safarida bo`lib turibdi. Bu haqida agentlik diretori o`rinbosari Saida Mirziyoeva ma`lum qildi

“Bugun Birlashgan Arab Amirliklariga qilgan safarimiz doirasida mamlakat Bosh vaziri o`rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoyd Ol Nahayon Hazrati Oliylari bilan uchrashdik.

Suhbat chog`ida Shayx Sayf Ol Nahayon Amirliklar O`zbekiston xalqi va hukumatiga nisbatan chuqur hurmatda ekani hamda barcha sohalarda mamlakatimiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o`rnatishga tayyorligini bildirdi”, — deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar