Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma`lumot berishicha, joriy yilning 13 oktyabr kuni soat 16:35larda Qo`ng`irot-Toshkent yo`nalishida harakatlanib kelayotgan poezd bilan Nukus-To`rtko`l yo`nalishining 693 km 5-to`sig`ida, davlat raqami 95 D 654 HA bo`lgan Neksiya rusumli avtomashinasi qo`riqlanmaydigan temir yo`l kesishmasiga chiqib ketishi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir etilgan.
Ma`lumot berilishicha, talofat bartaraf etalib, Poezd 16:52da o`z harakatini davom ettirgan.
Yo`l transport hodisasi natijasida jabrlanganlar yo`q.






