O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Butunjahon jamg`arish kuni doirasida o`quvchi va talabalar o`rtasida videoroliklar tanlovini e`lon qilmoqda.
Yoshlar quyidagi ikki mavzuning birida sinab ko`rishi va videorolik yaratishi kerak bo`ladi:
• «Jamg`arma qanday qilib boy bo`lishga yordam beradi?» (maktab o`quvchilari uchun)
• «Jamg`armani banklarda saqlagan yaxshi» (talabalar uchun)
G`oliblar quyidagi sovrinlarga ega bo`ladi:
1 o`rin: iPad Air plansheti;
2-3 o`rin: Markaziy bank kumush tangalari.
Videoroliklarga qo`yilgan talablar:
• Tanlov mavzularidan biriga mos kelishi;
• Videorolik tili: o`zbek yoki rus tillarida;
• Davomiyligi 1-1,5 daqiqa;
• Formati: AVI, MPEG-4 va boshqalar.
Videorolikni tanlashda asosiy mezonlar sifatida ishga bo`lgan ijodiy yondashuv, uni ma`lumotlilik darajasi va o`ziga xosligiga alohida e`tibor qaratiladi.
Tanlov 2 bosqichda bo`lib o`tadi:
1. Hakamlar har bir mavzu bo`yicha uchta (3) eng yaxshi ishni tanlab oladi.
2. Tanlovning eng yaxshi o`chta ishi 2019 yilning 30 oktyabrida Markaziy bankning telegram kanaliga ovoz berish uchun joylashtiriladi.
G`oliblar har bir mavzu bo`yicha berilgan ovozlar soniga qarab aniqlanadi.
Tanlovga ariza va ishlar 2019 yilning 15 oktyabridan 28 oktyabriga qadar cbu.savingsevent@gmail.com yoki international@cbu.uz elektron manziliga yuborilishi (xat mavzusida «Videoroliklar tanlovi» deb ko`rsatilishi lozim), shuningdek axborot tashuvchi moslamalarda Markaziy bankka bevosita taqdim etilishi lozim.
Savollar tug`ilganda quyidagi telefon raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin: +99871 212-61-95, +998 71 212-60-71






