AsosiyJamiyat

IIV telegramga joylangan holatga oydinlik kiritdi

'IIV telegramga joylangan holatga oydinlik kiritdi'ning rasmi

2019 yil 11 oktyabr kuni “Telegramm” ijtimoiy tarmog`idagi “@sizdantelegram” kanaliga “Janjal payti IIBga qo`ng`iroq qildik, ammo hech kim kelmadi” nomli videolavha joylashtirilgan. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ushbu lavhaga oyinlik kiritdi. 

Aniqlanishicha, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining ma`lumotiga ko`ra, haqiqatdan ham joriy yilning 9 oktyabr kuni taxminan soat 21:00larda Buxoro tumani Sheyxoncha MFYda joylashgan “Parizod” to`yxonasining tashqi hovlisida to`yga kelgan bir nechta fuqarolar o`zaro gap tortishib, baland ovozda shovqin qilganlar va ushbu holat noma`lum shaxs tomonidan uyali aloqa vositasiga “Janjal davom etsada ichki ishlar xodimlaridan darak yo`q” mazmundagi gaplar bilan tasvirga tushirilgan.

Mazkur holat to`y marosimiga qatnashayotgan shaxslarning o`zaro kelishmovchiliklari oqibatida sodir etilganligi, uning jarayonida xech kimga tan-jarohati etkazilmaganligi hamda tortishuv sodir bo`lganligi haqida biror bir fuqaroning ichki ishlar organlariga murojaat qilmaganligi aniqlandi.

O`z o`rnida, Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan shu kabi holatlarning guvohi bo`lganda befarqlikka yo`l qo`ymasdan, “tomoshabin” sifatida voqeani kuzatib turmay, zudlik bilan “102”telefon raqami orqali yoki voqea joyiga yaqin bo`lgan ichki ishlar organlarining bo`linmalariga murojaat qilishlarini so`raydi. 

    Boshqa yangiliklar