MIB Kogon tumani bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Peshku tumanlararo sudining 2015 yil 7 maydagi qaroriga asosan Sh.Xudoyqulovdan D.Hayitova foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun voyaga etguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa turdagi barcha daromadlarining ¼ qismi miqdorida, lekin qonunda belgilangan tartibda eng kam ish haqining uchdan bir qismidan kam bo`lmagan miqdorda aliment undirish ishi mavjud edi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor Sh.Xudoyqulov va undiruvchi D.Hayitovalar bilan o`tkazilgan profilaktik suhbatlar natijasida tomonlar o`zaro kelishuviga erishilib, qarzdor Sh.Xudoyqulov tomonidan undiruvchi D.Hayitovaga voyaga etmagan farzandi 18 (o`n sakkiz) yoshga etguniga qadar 7 yillik 50 000 000 (ellik million) so`m aliment pullari to`liq undirib berildi.






