AsosiyDunyo

Germaniyadagi otishmada ikki kishi halok bo`ldi

'Germaniyadagi otishmada ikki kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Germaniyaning Xalle shahrida ro`y bergan otishma natijasida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Hujum yahudiylar uchun muhim bo`lgan Yom-Kippur bayrami nishonlanayotgan kun sinagog yaqinida ro`y berdi. Hujumni amalga oshirgan jinoyatchining harakatlari esa video kuzatuv kameralariga muhrlangan. Harbiy kiyimda bo`lgan va boshiga shlem kiyib olgan shaxs avtomobildan tushib o`q uza boshlagan.  Guvohlarning so`zlariga ko`ra, jinoyatchi yahudiylar ibodatxonasiga kirishga uringan biroq eshik yopiqligi sababli uni ocholmagan. 

Shundan so`ng u yaqin atrofdan o`tib ketayotgan ayolga qarata o`q uzgan. Jinoyatchi qo`lbola portlovchi qurilmani yahudiylar qabristoniga uloqtirgan. Shundan so`ng yaqin atrofdagi tamaddixonada erkak kishini otib tashlagan. Hujum vaqtida yana ikki nafar kishi jarohatlangan. Xuddi shu kuni qo`shni Landsberg shahrida ham otishma ro`y berdi. Polisiya ushbu ikki hodisa o`rtasida aloqa borligini hozircha tasdiqlamadi. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar tomonidan hujumni amalga oshirishda gumon qilingan shaxs qo`lga olindi.

    Boshqa yangiliklar