AsosiyDunyo

Kimyo bo`yicha Nobel laureatlari aniqlandi

'Kimyo bo`yicha Nobel laureatlari aniqlandi'ning rasmi

Shvesiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qo`mitasi kimyo bo`yicha 2019 yilgi laureatlar nomini e`lon qildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Shunday qilib, amerikalik Jon Gudenaf, Buyuk britaniyalik Stenli Uittingxem va Yaponiyalik Akira Yoshinoga litiy-ion batareyalarini ishlab chiqarganliklari uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlanadigan bo`lishdi. Engil, qayta quvvatlanuvchi va kuchli bo`lgan litiy-ion batareyalari bugungi kunda ko`plab qurilmalarda ishlatiladi. 

Smartfonlar, planshetlar, kardiostumulyatorlar va elektromobillar shular jumlasidandir. Endi uch nafar g`olib 9 million shved kronasi miqdoridagi mukofotni o`zaro bo`lib olishadi. Mukofotni topshirish marosimi an`anaga ko`ra, 10 dekabr, Nobel mukofotlari asoschisi - shvesiyalik tadbirkor va ixtirochi Alfred Nobelning vafot etgan kunida o`tkaziladi. 

    Boshqa yangiliklar