AsosiyJamiyat

Bo`zatov tumani kompleks rivojlantiriladi

'Bo`zatov tumani kompleks rivojlantiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasining Bo`zatov tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Qoraqalpog`istonRespublikasiVazirlarKengashi, O`zbekistonRespublikasiInvestisiyalarvatashqisavdovazirligi, Moliyavazirligihamdaboshqadavlatvaxo`jalikboshqaruviorganlari, xo`jalikbirlashmalarivatijoratbanklaritomonidanishlabchiqilgan 2019-2021 yillardaQoraqalpog`istonRespublikasiningBo`zatovtumaninikompleksrivojlantirishchora-tadbirlaridasturima`qullanishimumkin.

Dasturning asosiy yo`nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

Bo`zatov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ish bilan ta`minlanish darajasi va farovonligini oshirish;

qishloq xo`jaligi sohasida ilg`or texnologiyalarni keng joriy qilgan holda, ishlab chiqarish hajmi, hosildorlik va mahsulot turlarini oshirish;

hududning tabiiy va iqlim sharoitiga hos bo`lgan chorvachilik, sholichilik, baliqchilik hamda qizilmiya ildizini etishtirish va chuqur qayta ishlashni rivojlantirish;

ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta`minlash hamda boshqa ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko`rsatish darajasini yaxshilash.

 

    Boshqa yangiliklar