Sergeli tumanining Sergeli-5a mavzesida 2 ta zamonaviy maktab qad rostlamoqda, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Maktablarning har biri 1680 o`ringa mo`ljallangan bo`lib, ular Toshkent shahar hokimligi va Xalq ta`limi vazirligi buyurtmasi asosida qurilmoqda. Maktablarning qurilish maydoni 11860 kvadrat metrni tashkil qiladi hamda zamon talablariga to`la javob beradi.
Maktablarning 1-2 qavati boshlang`ich sinf, yuqori qavatlari esa yuqori sinf o`quvchilariga mo`ljallangan. Maktabda oshxona, 2 tadan sport zal, majlislar zali, o`quv sinflari, sport maydonchalari, Wi-Fi zonalari, xonalarda elektron doskalar? zamonaviy kompyuterlar, video kuzatuv kameralari bo`lishi rejalashtirilgan.
Qurilish ishlari noyabr oyida yakunlanishi kutilmoqda.






