2019 yil 08 oktyabr kuni soat 14-00da Samarqand shahar DSENM tomonidan berilgan xabarga ko`ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 6 nafar fuqarolar "Ovqatdan zaxarlanish toksikoinfeksiyasi engil-o`rta darajasi" tashxisi bilan yotqizilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, ushbu fuqarolar 2019 yil 06 oktyabr kuni shahardagi "Siyob dehqon bozori" hududida joylashgan ovqatlanish do`konchasidan "Xot-dog" mahsulotlarini xarid qilib, ist`emol qilganliklari natijasida sog`lig`i yomonlashib shifoxonaga murojaat qilishgan.
Hozirda bemorlar ahvoli qoniqarli bo`lib davolash muolajalari davom etmoqda.
Mazkur zaharlanish holati yuzasidan "Xot-dog" tayyorlash do`konchasi faoliyati vaqtincha to`xtatilgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.






