AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vazirining o`rinbosari murojaatlarni qanday o`rganmoqda?

'Ichki ishlar vazirining o`rinbosari murojaatlarni qanday o`rganmoqda?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o`rinbosari – Toshkent shahar IIBB boshlig`i general-mayor R. Djuraev tomonidan o`tkaziladigan fuqarolar qabuli, poytaxt tumanlarida istiqomat qiluvchi aholining muammolarini aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning aksariyatini joyda hal qilishga imkoniyat yaratadi.

So`nggi davrda Toshkent shahar IIBB boshlig`i Yunusobod, Shayxontoxur va Yakkasaroy tumanlari aholisining qabulini o`tkazdi. R. Djuraev bilan birga fuqarolar murojaatlarini hokimiyat, IIBBning joylardagi bo`linmalari, tuman hududiy tibbiyot birlashmalari, kommunal xizmatlar vakillari ham ko`rib chiqishadi. Shuning uchun ko`plab masalalar joyda hal etilib, ba`zilari bo`yicha alohida topshiriqlar berilgan.   Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.  

Yuqorida qayd etilgan tumanlarda o`tkazilgan sayyor qabullarga jami yuz nafar atrofida fuqarolar kelishgan. Bir nechta kishilar Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga taalluqli savollar bilan murojaat qilishgan. Ushbu murojaatlar fuqarolikni rasmiylashtirish, vaqtincha yoki doimiy propiska olish, pasport olish yoki almashtirish, shu bilan birga xorijga chiqish pasportini olish masalalariga oid edi.

Turar-joy-kommunal xo`jaligi, ko`chalarning yoritilishi, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash, ishga joylashish va davolanishga yo`llanma olish bo`yicha ham savollar berilgan.

Sayyor qabullar davomida tibbiyot muassasalarida imtiyozli ravishda davolanish uchun orderlar hamda nogironlik aravachalari topshirilib, muhtojlarga dori vositalari bilan yordam berilmoqda.

    Boshqa yangiliklar