“O`zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti”ga Tanlov g`oliblarning har biri eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdoridagi pul mukofoti, statuetka hamda qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.
“O`zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
1. Annotasiya (jadval ko`rinishida);
2. Ma`lumotnoma (ob`ektivka);
3. Tavsiyanoma;
4. Pasport nusxasi;
5. Rasm (9 x 12 sm hajmda, oq fonda) - 2 dona;
6. Nomzodning yutuqlarini aks ettiruvchi xujjatlar, diplomlar va faxriy yorliqlar, nashr etilgan ijodiy, badiiy va ilmiy ishlarining nusxalari, video yozuvlar, fotosuratlar va boshqalar;
7. Xujjatlarning elektron nusxasi.
“O`zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” da yoshlar quyidagi nominatsiyalar bo`yicha taqdirlanadi:
II. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida:
1. “Yilning eng yaxshi O`zbekiston yoshlar ittifoqi xodimi"
2. “Yining eng faol huquq targ`ibotchisi"
3. “Yilning eng yaxshi O`zbekiston yoshlar ittifoqi mahalliy Kengash raisi"
III. Iqtisodiyot va qishloq xo`jaligi sohasida:
1. “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori"
2. “Yilning eng yaxshi yosh fermeri"
3. “Yilning eng yaxshi yosh hunarmandi"
IV. Fan-ta`lim va ijtimoiy sohada:
1. “Yilning eng yaxshi yosh ixtirochisi”
2. “Yilning eng yaxshi yosh olimi"
3. “Yilning eng yaxshi BT etakchisi" (vazirlik va idoralar etakchilar kengashi - 1 ta, ta`lim muassasalaridagi BT-1 ta);
4. “Yilning eng yaxshi “Kamalak sardori"
V. Fan-ta`lim va ijtimoiy sohada:
1. “Yilning eng yaxshi yosh aktyori"
2. “Yilning eng yaxshi yosh qo`shiq ijrochisi"
3. “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori"
4. “Yilning eng yaxshi yosh jurnalisti"
5. “Yilning eng yaxshi yosh blogeri"
6. “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi"
Hujjatlar joriy yilning 25-oktyabriga qadar O`zbekiston yoshlar ittifoqining tuman(shahar) Kengashlarida qabul qilinadi!
Nomzodlarning qaysi jihatlariga e`tibor beriladi?
Mukofotni berishda yoshlar faoliyat ko`rsatayotgan sohadan kelib chiqib, yil davomidagi ish samaradorligi, tizim yoki sohani rivojlantirishga qo`shgan shaxsiy hissasi, o`z sohasiga kiritgan innovatsiyasi, faoliyati orqali davlat va jamiyat hayotiga keltirgan amaliy foydasi, shuningdek mehnatsevarligi, fidoyiligi, intizomi, iqtidori, jamoat ishlaridagi faolligi, davlat va xalqaro miqyosda erishgan yutuqlari soha vakillari, keng jamoatchilik tomonidan e`tirof etilganligiga e`tibor qaratiladi.
Nomzodlarni kim tavsiya qiladi?
Mukofotga nomzodlar vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari tomonidan ko`rsatiladi. Hujjatlar jildiga tavsiyanoma hamda nomzod faoliyatiga oid ma`lumotlar taqdim etiladi. Nomzodlar mustaqil ravishda mukofotga hujjat topshirish imkoniyatiga ega emas.
Nomzodlar qanday baholanadi?
Nomzodlarning ishlarini jamoatchilik vakillari hamda mutaxassislardan iborat Ekspertlar komissiyasi baholaydi. Ular turli sohalarga oid sho``balarga bo`lingan holda ishlarni ko`rib chiqadi. Shaffoflikni ta`minlash uchun ishlar muhokama qilinadi, ekspertizadan o`tkaziladi hamda xulosalar asosida tegishli takliflar tayyorlanadi. Ekspertlar komissiyasi muhokamasi natijalari va ekspertiza xulosalari O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi yig`ilishida ko`rib chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi. Shu tariqa yil so`nggida, yil yoshlari aniqlanadi.






