AsosiyJamiyat

“Tourist police” xodimlari rossiyalik sayyohning telefonini topib berishdi

'“Tourist police” xodimlari rossiyalik sayyohning telefonini topib berishdi'ning rasmi

Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Xiva shahridagi “Ichon qal`a” davlat muzey qo`riqxonasi xududida unutib qoldirilgan mobil telefon apparati topildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimi D. Sultonov ma`lum qildi.

Mazkur telefon apparatini o`z egasiga qaytarish maqsadida boshqarma xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu aloqa vositasi Rossiya Federasiyasidan kelgan sayyoh Valentina Makeevaga tegishli ekanligi aniqlanib, ushbu telefon qaytarib berildi.

Valentina Makeeva:

—  Menga qadrli bo`lgan, O`zbekiston bo`ylab sayyohatim aks etgan fotosuratlarim saqlanayot telefonimni topib berganlarliklari uchun O`zbekiston Ichki ishlar organlari xususan, Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlariga o`z minnatdorchiligimni bildiraman, boshqarma xodimlari O`zbekiston bo`ylab sayyohatimiz davomida uchratgan “Eng oq ko`ngil, kasbiga sadoqatli, yaxshi odamlar” va O`zbekiston eng ajoyib mamlakat”, kelgusida ularning ishlarida omadlar yor bo`lishini istayman...

    Boshqa yangiliklar