AsosiyJamiyat

Metro bekatlarida to`lovni bevosita amalga oshirish imkoni yaratildi

'Metro bekatlarida to`lovni bevosita amalga oshirish imkoni yaratildi'ning rasmi

Toshkent metropolitenining 10 ta bekatida Humo kartalari orqali to`lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. 

Endi uzundan uzoq navbat kutib kassa oldida turib qolmaysiz.

To`lovni o`tkazish uchun kartani Humo validatoriga yaqinlashtirish kifoya. Bunday texnologiya ayni paytda aholi gavjum bo`ladigan, shu jumladan oliy o`quv dargohlari yaqinidagi:
Buyuk Ipak Yo`li; 👍
Amira Temur hiyoboni; 👍
Mustaqillik maydoni; 👍
Paxtakor; 👍
Bunyodkor; 👍
Mirzo Ulug`bek; 👍
Chilonzor; 👍
Beruniy; 👍
Minor; 👍
Abdulla Qodiriy bekatlariga o`rnatildi.
Yaqin kunlarda Humo validatorlari qolgan bekatlarga ham o`rnatiladi. Talabalarning muammolariga echim topishga ko`mak berayotgan va ishchi-xizmatchilar vaqtini tejaydigan moslamalarni o`rnatishni bevosita nazorat qilgan mas`ul rahbarlarga katta rahmat!

    Boshqa yangiliklar