Joriy yilning 25 sentyabr kuni “Andijon-O`sh” yo`nalishida avtobus qatnovlarining tashkil etilshini aholi vakillari katta hursandchilik bilan qarshi olishgan edi.
Yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Transport vazirligi tomonidan “Farg`ona-Qizil Qiya” yo`nalishida ham avtobus qatnovlari tashkil etildi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. Mazkur yo`nalishning ochilishiga bag`shlangan tantanali tadbirda Qizil-Qiya shahri va Farg`ona viloyati hokimiyati mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur yo`nalishda “Mansur Mirzohid” MChJ korxonasi yumshoq o`rindiqli zamonaviy ISUZU avtobuslarida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatmoqda. “Farg`ona-Qizil Qiya” yo`nalishi masofasi deyarli 37 km.teng bo`lib, chipta narxi 7 ming so`m etib belgilandi. Qirg`iziston tomonidan esa yo`nalishga mikroavtobuslar qo`yilgan bo`lib, Qizil Qiya shahri avtovokzalidan soat 09:00, 10:00, 14:00 va 15:00 da Farg`ona tomon harakatlanadi.






