Yil davomida etishtirilgan paxtaga 2019 yil 20 sentyabrdan terim boshlandi. Sentyabr va oktyabr oylari davomida paxta uchun tushgan mablag`dan QQS qanday hisoblanadi?
Ushbu savolga Davlat soliq qo`mitasi aniqlik kiritdi
Unga ko`ra, Soliq kodeksining 203-moddasiga asosan QQS mahsulotlarni realizasiya qilish sanasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2019 yildagi PF-5755-sonli Farmonning 3-bandiga asosan paxta xom ashyosini etishtiruvchilar 2019 yil hosilidan QQS to`lashga o`tishlari belgilangan.
Paxta narxi davlat tomonidan qat`iy belgilangan bo`lib, realizasiya qilingan paxta xomashyosi uchun to`lab berilgan summada QQS ham hisobga olingan.
Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar realizasiya qilinganda, soliq solinadigan baza belgilangan narxlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.






