AsosiySiyosat

Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi to`ylarni qanday tartibga soladi?

'Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi to`ylarni qanday tartibga soladi?'ning rasmi

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati  kengashlarining qo`shma qaroriga binoan ishlab chiqilgan “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risida”gi nizomda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markaziga alohida vazifalar belgilab berildi

To`ylarni tartibga solishda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi quydagi tadbirlarni amalga oshirishi kerak: 

  • to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarda milliy qadriyatlarimizga yot bo`lgan “ommaviy madaniyat” unsurlari namoyon bo`lishining oldini olish maqsadida muntazam ma`naviy-ma`rifiy targ`ibot ishlarini olib borishi;
  • ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali namunali to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishi, ijtimoiy roliklar yaratishi, uslubiy qo`llanmalar va targ`ibot materiallari tayyorlashi;
  • mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda FHDYo idoralarida nikohdan o`tayotgan kelin-kuyovlarga oila ma`naviyati, axloqi va ajdodlarimizning mustahkam oila haqidagi o`gitlari bayon qilingan ma`lumotlar, kitoblar va boshqa materiallar berib borish amaliyotini yo`lga qo`yishi lozim.

    Boshqa yangiliklar