AsosiySiyosat

Mahalla fuqarolar yig`ini va “Nuroniy” jamg`armasi hududidagi har bir oilaviy tadbirdan xabardor bo`lishi shart

'Mahalla fuqarolar yig`ini va “Nuroniy” jamg`armasi hududidagi har bir oilaviy tadbirdan xabardor bo`lishi shart'ning rasmi

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati  kengashlarining qo`shma qaroriga binoan ishlab chiqilgan “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risida”gi nizomda mahalla fuqarolar yig`ini va “Nuroniy” jamg`armasi hududiy bo`limlariga asosiy talab qo`yildi. 

Mahalla fuqarolar yig`ini, “Nuroniy” jamg`armasi hududiy bo`limlariga quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarni o`tkazish bilan bog`liq milliy qadriyatlarga, axloq qoidalariga zid bo`lgan marosimlar, nomaqbul odatlar va ularning salbiy oqibatlari to`g`risida tushuntirish ishlarini olib borishi va tegishli tavsiyalar berishi;
  • to`y egalari tomonidan sodir etiladigan milliy urf-odat va an`analarni mensimaslik, shuhratparastlik, isrofgarchilik kabi xatti-harakatlar ustidan jamoatchilik nazoratini o`rnatishi, tegishli talablarga rioya etilmagan holatlarni jamoatchilik muhokamasiga olib chiqishi;
  • to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyat va an`analarni hisobga olgan holda, ijtimoiy tabaqalanishga yo`l qo`ymasdan o`tkazish bo`yicha jamoaviy suhbatlar tashkil etishi;
  • hududda o`tkazilishi rejalashtirilgan har bir oilaviy tadbirdan xabardor bo`lishi, uning o`tkaziladigan joyi, ishtirokchilar soni bo`yicha ma`lumotga ega bo`lishi;
  • to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlardan oldin va keyin o`tkaziladigan ortiqcha rasm-rusum va marosimlarning oldini olish choralarini ko`rishi lozim.

    Boshqa yangiliklar