Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash to`g`risida”gi
2011 yil 23 avgustdagi 240-son qaroriga qo`shimchalar kiritish to`g`risida qaror loyihasi joylashtirildi.
Muhokama qo`yilgan qaror loyihasida ta`kidlanishicha, ushbu qaror yolg`iz keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilish va qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilinmoqda.
Qarorga kiritilayotgan qo`shimchalarga ko`ra, “Saxovat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar ko`rsatishi ham mumkin”ligi belgilab qo`yilgan.
Ushbu qonun loyihasi 3 oktyabrda muhokamalar portaliga joylashtirilgan. Agar siz hukumat tomonidan shu tizimga kiritilayotgan yangiliklarga bee`tibor bo`lmasangiz joriy yilning 18 oktyabriga qadar o`z taklif va mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.






