Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati kengashlarining qo`shma qaroriga binoan ishlab chiqilgan “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risida”gi nizomga ko`ra, to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishi ustidan nazorat qiluvchi tashkilotlar ham belgilab qo`yildi.
To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishi ustidan quyidagi tashkilotlar o`z vakolatlari doirasida jamoatchilik nazoratini tashkil etilishini ta`minlaydi:
- To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarni muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika komissiyasi;
- Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi To`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilishini tartibga solish masalalari bo`yicha komissiyalar;
- Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi;
- Respublika “Nuroniy” jamg`armasi;
- Ma`naviyat va ma`rifat markazi;
- Xotin-qizlar qo`mitasi;
- “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi;
- O`zbekiston musulmonlari idorasi;
- O`zbekiston yoshlar ittifoqi.






