AsosiyDunyo

Haydovchining aybi bilan avtokran daryoga quladi

'Haydovchining aybi bilan avtokran daryoga quladi'ning rasmi

Bugun, 5 oktyabr kuni ertalab avtokran Sankt-peterburgdagi Fontanka daryosi qirg`og`idagi to`siqni sindirib suvga quladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Avtohalokat Sankt-Peterburgning markazidagi Nevskiy prospekti bilan kesishgan joyda sodir bo`ldi. Jarohat olganlar yo`q.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 5 oktyabr kuni ertalab Fontanka qirg`og`idagi 44-uyda yashovchi avtokran haydovchisi oynani sozlash uchun avtokabinasidan chiqqanida, mashinani qo`l tormoziga qo`ymagan, natijada u yurib borib suvga tushib ketgan.

Baxtsiz hodisa natijasida hech kim halok bo`lmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qulagan transport vositasini daryodan olib chiqish uchun avariya joyiga kranni etkazib berishni tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar