AsosiyJamiyat

Neva daryosidan o`zbekistonlikning jasadi topildi

'Neva daryosidan o`zbekistonlikning jasadi topildi'ning rasmi

O`zbekistonning Rossiya federasiyasiga qarashli Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Rossiya) 2019 yil 3 oktyabr kuni Leningrad oblasti hududida Neva daryosida O`zbekiston fuqarosi Sh.M.ning jasadi topilgan. Ayni paytda tibbiy ekspertiza o`tkazilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda hamyurtimiz jasadini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda marhumning qarindoshlariga yordam bermoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildirgan va Rossiyaning Shimoli-g`arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenes avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida bo`lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tgan: +7-965-029-41-49.

    Boshqa yangiliklar