AsosiyJamiyat

​Chirchiqdagi maktabdan bola “o`g`irlamoqchi” bo`lgan ayol surati bilan bog`liq vaziyat o`rganib chiqildi

'​Chirchiqdagi maktabdan bola “o`g`irlamoqchi” bo`lgan ayol surati bilan bog`liq vaziyat o`rganib chiqildi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasining «Daryo»ga xabar berishicha, 27 sentyabr kuni «Chirchiq shahrida joylashgan 9-sonli maktabdan notanish ayol bola o`g`irlamoqchi bo`ldi» nomi bilan tarqalgan video hamda ayolning surati bilan bog`liq vaziyatni o`rganib chiqqan, deya xabar beradi “Daryo” nashri.

Ma`lum qilinishicha, suratdagi ayol buxorolik G.S. ekanligi aniqlangan. U dugonasining iltimosiga ko`ra, uning qizini o`zining 7 yoshli farzandi bilan birga Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan 187-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabidan olib kelishga borgan. Maktabda dugonasining qizi G.S.ni tanimagan, u bilan ketishni istamagan va maktab xodimlarining e`tiboriga tushgan. Oqibatda anglashilmovchilik fuqarolar tomonidan suratga olinib, «bola o`g`risi» deb, tasdiqlanmagan noto`g`ri xabarlar tarqatilgan.

    Boshqa yangiliklar