AsosiyJamiyat

​“Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining 30 yilligi keng nishonlanadi

'​“Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining 30 yilligi keng nishonlanadi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o`ttiz yilligini keng nishonlash to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori imzolandi.

Qaror Vatanimiz mustaqilligining ma`naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o`zbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o`ttiz yilligini munosib nishonlash maqsadida qabul qilingan.

Qarorga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning puxta tayyorgarlik asosida, yuqori saviyada o`tkazilishi belgilandi.

Mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarda bayram tadbirlari, teatrlar va kinoteatrlarda, madaniyat saroylarida buyuk allomalarimiz haqidagi spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar namoyishini tashkil etilishi belgilandi.

Mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida o`zbek tiliga bag`ishlangan bayram tadbirlarini o`tkazish va “O`zbek tilining do`stlari” klublarini tuzish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar