AsosiyJamiyat

“Shohimardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi

'“Shohimardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida Hukumat qarori (843-son, 03.10.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Farg`ona viloyati hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Shohimardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi.

Direksiyaning asosiy vazifalaridan biri Farg`ona tumani “Shohimardon” va “Yordon” MFYlarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta`minlash, ushbu MFYlarning ekoturizm salohiyatini inobatga olgan holda yangi turizm yo`nalishlarini ishlab chiqishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar