AsosiyJamiyat

“Posboniman, muqaddas yurtning” ko`rik-tanlovi g`oliblari taqdirlandi

'“Posboniman, muqaddas yurtning” ko`rik-tanlovi g`oliblari taqdirlandi 'ning rasmi

O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Mudofaa vazirligi hamda qator vazirliklar hamkorligida o`tkazilgan “Posboniman, muqaddas yurtning” ko`rik-tanlovi g`oliblarini taqdirlashga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi.

Tanlov uch bosqich, ya`ni Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari, ularning oila a`zolari hamda professional shoirlar o`rtasida she`rlar va insho yozish borasida o`tkazildi.

Tantanali marosimni Yozuvchilar uyushmasi raisi, O`zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid kirish so`zi bilan ochib, mamlakat tinchligini himoya qilayotgan harbiy xizmatchilarning mashaqqatli va sharafli kasblari, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda mazkur tanlovning ahamiyati haqida to`xtaldi.

Shundan so`ng, tanlov g`oliblari taqdirlandi. Birinchi bosqich natijalariga ko`ra:

  • 1-o`rin — Davlat xavfsizlik xizmati instituti xodimining farzandi Farangiz Sharipova;
  • 2-o`rin — Ichki ishlar vazirligi xizmatchisi Dinoza Yoqubova;
  • 3-o`rin — Davlat bojxona qo`mitasi Bojxona instituti kursanti Madrahim Temurov.

Ikkinchi bosqich natijalari:

  • 1-o`rin — Mudofaa vazirligidan kichik serjant Qayum Mahkamov;
  • 2-o`rin — Davlat bojxona qo`mitasi “Qarshi” temiryo`l chegara bojxona posti inspektori Dinoza Arabova;
  • 3-o`rin — Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi Husanboy Abdulhaev.

Professional ijodkorlar o`rtasidagi uchinchi bosqichda 3-o`rinni shoir, Yozuvchilar uyushmasi a`zosi Zikrilla Ne`mat, 2-o`rinni shoir Iskandar Rahmon, birinchi o`rinni esa yosh ijodkor, Erkin Vohidov nomidagi Mediamarkaz rahbari Alisher Boymurodov egalladi.

Barcha g`olib va sovrindorlarga esdalik sovg`alari hamda pul mukofoti topshirildi.

Tadbirda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonanda va raqqosalari tomonidan yangragan dilrabo qo`shiqlar, go`zal raqslar barchaga xush onlarni taqdim etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar