Xabaringiz bor, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mamlakatimiz bo`ylab, bosqichma-bosqich elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yil, 3 oktyabrdan boshlab Janubiy Koreyaning “KT Sorporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyati Payariq tumanining Chelak hududi va Paxtachi tumani iste`molchilariga ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o`rnatish ishlari boshlab yuborildi. Chelak shahrida 26 941 ta va Paxtachi tumanida 35 037 ta hisoblagich o`rnatilishi belgilangan.
Hozirda Samarqand shahar va Samarqand tumani, Zarafshon, Do`stlik, Urgut, Pastdarg`om, Kattaqo`rg`on tuman va Kattaqo`rg`on shahar, Ishtixon, Bulung`ur hamda Jomboy tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar o`rnatilmoqda. 2020 yil yakuniga qadar viloyatning barcha tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar to`liq o`rnatilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, hisoblagichlar iste`molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag`lari hisobidan bepul o`rnatilmoqda.
Hisoblagichlarni o`rnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki ta`magirlik holatlari kuzatilayotgan bo`lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo`lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o`z murojaatlaringizni yo`llashingiz mumkin.






