AsosiyJamiyat

O`n sakkiz mamlakat fiziklari O`zbekistonda uchrashdi

'O`n sakkiz mamlakat fiziklari O`zbekistonda uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti “Yadro fizikasi va yadroviy texnologiyalarning hozirgi zamon muammolari” mavzuida xalqaro anjuman o`tkazdi, deya xabar beradi O`zA.

Institutning VVR-SM rusumidagi tadqiqot reaktorining 60 yilligiga bag`ishlangan ushbu an`anaviy tadbirda dunyoning 18 mamlakatidan 180 nafarga yaqin olim ishtirok etdi.

Anjumanda ishtirokchilar yadroviy energetika va yadroviy tibbiyot mavzusi tahliliga e`tibor qaratar ekan, bu masalalar zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish nuqtai nazaridan mamlakatimiz yaqin kelajagi uchun o`ta muhimligi qayd etildi.

E`tiborli jihati, Yadro fizikasi instituti mamlakatimiz va Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik ilmiy tekshirish maskanidir. Uning ilmiy bo`linmalari va tadqiqot yadro reaktori, siklotron, elektron tezlatgichi, gamma qurilmasi va neytron generatori kabi noyob ob`ektlari bazasida hozirgi zamon fan va texnikasining istiqbolli yo`nalishlarini qamrab olgan xomashyo, buyum va asbob-uskunalar importi o`rnini bosuvchi, jahon bozor talablariga javob beruvchi eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan fundamental va amaliy izlanishlar olib borilishi bilan katta ahamiyat kasb etadi.

Anjumanda Turkiya, Avstriya, Janubiy Koreya, Avstraliya, taliya, Gonkong, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Belarus, Ukraina kabi davlatlar olimlari mavzu doirasida qizg`in muzokaralar olib bordi. Ular ushbu fan ravnaqi yo`lida birgalikda ishlash istagini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar