AsosiyJamiyat

​Din ishlari bo`yicha qo`mita to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Qaror loyihasi muhokamaga qo`yildi

'​Din ishlari bo`yicha qo`mita to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Qaror loyihasi muhokamaga qo`yildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori loyihasi Regulation.gov.uz portaliga muhokamagaqo`yildi.

Qaror O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2019 yil 4 sentyabrdagi PQ–4436-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida qabul qilinishi ko`zda tutilgan.

Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitaning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas`uliyatini belgilaydi.

    Boshqa yangiliklar