AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya ballistik raketalarning navbatdagi sinovini amalga oshirdi

'Shimoliy Koreya ballistik raketalarning navbatdagi sinovini amalga oshirdi'ning rasmi

Bu esa o`z navbatida Yaponiya va Janubiy Koreya hukumatlari noroziligiga sabab bo`lmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Yaponiya Bosh vaziri Pxenyan bu kabi hatta-harakatlari bilan BMT rezolyusiyasini buzayotganini ta`kidladi. Mazkur holat mamlakat xavfsizlik kengashida muhokama qilingan. Bosh vazir mamlakat fuqarolari xavfsizligini ta`minlash maqsadida xalqaro hamjamiyat va birinchi galda AQSh bilan hamkorlik qilishini ma`lum qildi. Ma`lumotlarga ko`ra, raketalardan biri Yaponiyaning Simane prefekturasi sohillaridan ancha uzoqroq hududga qulagan.

Janubiy Koreya hukumati ham ushbu holatdan qattiq tashvishda ekanligini ma`lum qildi. Rasmiy Seul taxminlariga ko`ra, raketalar suv osti kemasidan otilgan. Eslatib o`tamiz, kelayotgan dam olish kunlari Vashington va Pxenyan o`rtasida Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish masalasida muzokaralar bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar