Tashkilot hisobotida aytilishicha, avvalgi yillar bilan solishtirganda O`rta Er dengizini kesib o`tmoqchi bo`lganlar soni qisqargan. Biroq shunga qaramasdan joriy yilda ham halok bo`lganlar soni ming nafardan ortiqni tashkil etgan. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.
Bu rasman ro`yxatga olingan o`lim holatlari bilan bog`liq vaziyatlardir. Liviyalik muhojirlar dengiz yo`li orqali Italiya yoki Maltaga borishga uringan chog`da halokatga uchrashgan. O`lim holatlarining aksariyati dengizning o`rtasida ro`y bergan. Joriy yilda O`rta Er dengizi orqali Evropaga 63 ming muhojir kelgan. 2018 yilda bu ko`rsatkich 140 mingdan ortiqni tashkil etgan edi. Odatda muhojirlar yo`lovchilar bilan to`lib toshgan eski kemalarda yoki rezina qayiqlarda xavfli safarga chiqishadi. Buning natijasida esa aksariyat vaziyatlar falokat bilan yakunlanadi. BMT ma`lumotlariga ko`ra, 2014 yildan buyon O`rta Er dengizida muhojirlar bilan bog`liq 18 mingta o`lim holati qayd etilgan.






