AsosiyJamiyat

Buxoroda qarzdordan 1,4 mlrd so`mlik kredit qarzdorligi undirildi

'Buxoroda qarzdordan 1,4 mlrd so`mlik kredit qarzdorligi undirildi'ning rasmi

Respublikamizdagi banklar tomonidan tadbirkorlik sub`ektlariga faoliyatini kengaytirish maqsadida imtiyozli kreditlar berilishi ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ro`yobga chiqarishning yaqqol misolidir. Ayrim tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan imtiyozli kreditlar o`z vaqtida qaytarilmasligi moliyaviy natijalarga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo`limi tomonidan fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudining qaroriga asosan da`vogar O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi Buxoro hududiy boshqarmasining “Asakabank” Buxoro filiali manfaatiga qarzdor mas`uliyati cheklagan jamiyat hamda N.Amonovaga nisbatan 1 mlrd. 44 mln. 12 ming so`m kredit qarzdorligi va penyani undirish haqidagi ijro hujjatiga asosan majburiy ijro harakatlari davomida 1 mlrd. 44 mln. 12 ming so`m kredit qarzdorlikni undirish ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar