"Telegram" ijtimoiy tarmog`ida 13 mingga yaqin obunachisi bo`lgan Farmekspert kanali ma`lumotiga ko`ra Rossiyada ilk bor BFQ (BAD, biologik faol qo`shimcha) ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ustida jinoyat ishi ko`rildi.
BAD – bu biologik faol qo`shimcha bo`lib, davlat ro`yxatidan o`tganida kimyoviy dori emas, balki ozuqaviy qo`shimcha sifatida ko`rsatiladi. Ya`ni tarkibida dori saqlamaydi. U shunchaki ozuqaga qo`shimcha bo`lishi kerak.
"Ria Panda" nomli BAD ishlab chiqaruvchi kompaniya o`zining Sealeks, Eretrogen, Apilaks BAD vositalari tarkibiga erkaklarning jinsiy faolligini oshiruvchi kimyoviy modda "tadalafil" qo`shib kelgan va buni yashirgan.
Tadalafil moddasi kichik tos ichida qon aylanishni yaxshilaydi va juda ko`p qarshi va nojo`ya ta`sirlari bor.
"Ria Panda" 16 millard rubllik BAD sotgan va uning ustidan jinoiy qo`zg`atilgan.
Bu aslida yangilik emas. Ko`pgina BADlar tarkibidagi kimyoviy moddalar yashiriladi. Bu ayniqsa Ozdiruvchi Badlar tarkibida ko`p qo`llaniladi. O`zbekistonda xam ko`pgina dorilar Bad sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan. Sababi oddiy Badlar realizasiyasiga nisbatan qat`iy laboratoriya tekshiruvlari, soliq va boshqa to`lovlar kamroq.
Yana bir xulosa: BAD juda kuchli va mo``jizaviy ta`sirga tarkibidagi yashirincha kimyoviy moddalarsiz erisha olmaydi. Yanayam aniqrog`i BAD zo`r ta`sir qilyaptimi, demak tarkibida qandaydir kimyoviy modda bo`lishi mumkin. Shuning uchun sotuvga chiqarilayotgan biologik faol qo`shimchalarni ham muayyan tartibda laborator tekshiruvdan o`tkazish maqsadga muvofiq.






