Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.
Xususan, kuni kecha “Buxoro aeroporti” chegara bojxona postiga xorijdanuchib kelgan fuqaro F.I bojxonachilar tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxs umumiy qiymati 18,9 million so`mlik, 6300 dona sim kartalarni mamlakatimizga noqonuniy tarzda olib kirishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






