AsosiyJamiyat

Bilimli, salohiyatli, vatanparvar, vijdoni pok, qalbi uyg`oq yoshlar – yurt tayanchi va kelajagi

'Bilimli, salohiyatli, vatanparvar, vijdoni pok,  qalbi uyg`oq yoshlar – yurt tayanchi va kelajagi'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevyosh avlod tarbiyasi haqida “Bizni hamisha o`ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so`z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog`liq. Bugun zamon shiddat bilan o`zgaryapti. Bu o`zgarishlarni hammadan ham ko`proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o`z davrining talablari bilan uyg`un bo`lsin. Lekin ayni paytda o`zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug` zotlarning avlodimiz, degan da`vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o`zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deb ta`kidlaganlar.

Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, “Jaholatga qarshi – ma`rifat” degan ustuvor g`oyalarni ijtimoiy hayotda qaror toptirishda yoshlarni vatanparvar, mard va jasur, sadoqatli va halol etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ushbu ustuvor vazifaning mohiyatidan kelib chiqib Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari joylarda o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlari doirasida ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy uchrashuvlar va huquqiy targ`ibot tadbirlarini ham uyushtirishmoqda.

Xususan, o`tgan bir oy davomida Institut professor-o`qituvchilari tomonidan Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg`ona, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridao`tkazilgan sayyor o`quv yig`inlari doirasidahududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda jami 20 dan ortiqumumta`lim maktablari va akademik liseylarda tashkillashtirildi, ularda qariyb 2,5 mingdan ziyod o`quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Targ`ibot tadbirlarida o`quvchi yoshlarga bugungi kunda mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga etish, Vatanimiz mustaqilligi uchun kurashgan ajdodlarimiz hayotini tushuntirish va o`rnak qilib ko`rsatish, ularda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg`otish kabilar amaliy misollar orqali tushuntirib berilmoqda.

Xususan, Ichki ishlar vazirligiga qarashliNavoiy akademik liseyidao`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbir“Yoshlarda yuksak ma`naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, el-yurtga sadoqat, adolat, halollik va jasorat fazilatlarini kamol toptirish” mavzusiga bag`ishlandi.

– Liseyimizda IIV Malaka oshirish institutining professor-o`qituvchilari tomonidan o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbir tengdoshlarim qatori menda ham katta taassurot qoldirdi, – deydi O`zbekiston Respublikasi IIV Navoiy akademik liseyining
3-bosqich o`quvchisi Aziza Rayimova.
–Institut boshlig`i, yuridik fanlar doktori, professor Nuriddin Normatov el-yurtga sadoqat, adolat, halollik va jasorat fazilatlarining mohiyati va ahamiyati,tinchlik va osoyishtalikni ta`minlashda yoshlar ma`suliyati to`g`risida tushunchalar berdi.Yoshlarga yurtimizda yaratilayotgan sharoitlar, tinchlikni qadriga etishimiz, tinchlikni saqlashda nima ishlar qilishimizaniq misollar bilan tushuntirildi. Ayniqsa, Institut boshlig`ining shaxsiy kutubxonasidan lisey o`quvchilari uchun taqdim etilgan yuridik adabiyotlar men kabi kitobsevar tengdoshlarimni quvontirib yubordi. Mazkur ma`naviy-ma`rifiy tadbir lisey o`quvchilari yodida butun umrga qoladi, tashkilotchilarga katta rahmat aytamiz.

Darhaqiqat, xalqimizga xos bo`lgan bunday insoniy fazilatlar ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatining asosiy mezoni sifatida inson, uning huquq va manfaatlarini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, Navbahor va Konimex tumanlaridagiumumta`lim maktablarida o`quvchilar bilan o`tkazilgan uchrashuvda esa “Tinchlik va osoyishtalikni saqlashda yoshlar mas`uliyati” haqida so`z yuritildi. Mazkur tadbir doirasida tashkil etilgan “Yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi” mavzusidagi viktorina esa maktab o`quvchilarida katta qiziqish uyg`otdi.

– Biz dunyo havas qilayotgan, tobora rivojlanib, yildan-yilga obod bo`layotgan mustaqil Vatanimizda sog`lom va barkamol bo`lib ulg`aymoqdamiz, – deydiNavbahor tumanidagi5-sonli umumta`lim maktabining 10-sinf o`quvchisi Sabina Qodirova. –Biz yoshlarga ko`rsatilayotgan yuksak e`tibor, g`amxo`rliklarga o`z yutuqlarimiz, xalqimizga sadoqatimiz, izlanish va mehnatimiz bilan javob berishimiz, ishonchni oqlashimiz shart. Ushbu tadbir tengdoshlarimizda Vatanimiz ravnaqi uchun mas`ullik hissini yanada oshirdi.

– Bugungi kunda yurtimizda barcha sohalardakeng ko`lamli o`zgarishlar yuz bermoqda. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi mavqei yanada ortib bormoqda,– deydi Konimex tumanidagi 7-sonli umumta`lim maktabining9-sinf o`quvchisi Azamat Usenov.
–Vatanimiz kelajagi bo`lgan biz yoshlarga Yurtboshimiz rahnamoligida katta e`tibor qaratilmoqda. Biz tengi yoshlar turli fanlar bo`yicha jahon olimpiadalarida, sportning turli yo`nalishlari bo`yicha xalqaro musobaqalarda yuqori o`rinlarni egallamoqda. Albatta, bu natijalar o`z-o`zidan bo`lmaydi. Asosiy sababi biz yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlardir.Bugun maktabimizda IIV Malaka oshirish institutining professor-o`qituvchilari tomonidan o`tkazilgan huquqiy targ`ibot tadbiri tengdoshlarim qatori menda ham katta taassurot qoldirdi.

Binobarin, mamlakatimiz yoshlarining bilim-zakovatlari, intilishlari, shijoatlarining yuksak bo`lishida tub negizida ta`lim-tarbiya yotadi. “Nimani eksang shuni o`rasan”,– deydi dono xalimiz. Shunday ekan, bugungi kunda yoshlar tarbiyasiga e`tibor, davlatimiz va jamiyatimizning kelajagiga bo`lgan e`tibor ekanligini hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz va bu yo`lda barchamiz birday harakat qilmog`imiz lozim.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar