Istanbulda kuchi deyarli 7 balga teng bo`lgan zilzila sodir bo`lishi ortidan bir necha kishi jabrlandi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, zilzila epimarkazi Istambuldan 70 km uzoqlikda Marmar dengizida 12,5 km chuqurlikda ro`y bergan. Tabiiy ofat natijasida 8 nafar kishining engil jarohat olgani aytilmoqda. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, er osti silkinishi Istanbulda vahimaga sabab bo`lgan. Ayrim tashkilotlar va maktablarda evakuasiya ishlari amalga oshirilgan.
Shahardagi ikkita masjidga shikast etgan. Eslatib o`tamiz, 15 millionga yaqin aholi istiqomat qiluvchi Istanbul shahri Evropa va Osiyo qit`alari kesishgan nuqtada joylashgan bo`lib, uning ostida uchta faol yoriq liniya mavjud. 1999 yilda Istanbuldan 90 km uzoqlikda joylashgan Izmit shahrida ro`y bergan zilzila natijasida 17 mingdan ortiq kishi halok bo`lgan edi.






