AsosiyDunyo

Endi ayol sayyohlar erkak hamrohlari kuzatuvisiz ham Saudiya Arabistoniga kirishi mumkin

'Endi ayol sayyohlar erkak hamrohlari kuzatuvisiz ham Saudiya Arabistoniga kirishi mumkin'ning rasmi

Saudiya Arabistoni mamlakatga tashrif buyuruvchi ayol sayyohlarga qo`shimcha qulayliklar yaratmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Endi ayol sayyohlar erkak hamrohlari kuzatuvisiz ham Saudiya Arabistoniga kirishi mumkin. Qolaversa, endi ularning abaya kiyib yurishi ham shart emas. Biroq musulmonlar uchun muqaddas bo`lgan Makka va Madina shaharlariga kirishda ma`lum cheklovlar saqlab qolinadi. Qator engilliklarni joriy etish orqali Saudiya Arabistoni ko`proq sayyohlarni o`ziga jalb etmoqchi.

Shu maqsadda yangi viza dasturi ishlab chiqildi. Unga muvofiq 49 davlat fuqarolariga mamlakatga vizasiz kirish imkoniyati taqdim etiladi. Shuningdek mamlakat hukumati xorijiy kompaniyalarni mamlakatning sayyohlik sektoriga investisiya kiritishga chaqirmoqda. Ayni damda sayyohlik sohasi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 3 foizini tashkil etadi. Hukumat mazkur ko`rsatkichni yaqin kelajakda 10 foizga oshirishni maqsad qilgan.

    Boshqa yangiliklar